14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti  tyutorlari jamoasi tomonidan esdalik sovg’alar va universitet faol xodimlaridan bir guruhiga tashakkurnomalar berdi.

Tadbir davomida Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlar jamoasi va talabalari O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovni ham bayram bilan tabriklab, tashakkurnoma taqdim etdi.

Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaydi va ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qoladi. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘la bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! 

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz o’g’lonlar!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube