Talaba almashinuv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Malayziyaning INTI xalqaro universitetida o‘tkazilgan ikki oylik talaba almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

 

 

Dastur davomida talabalar ingliz tili, kommunikatsiya va madaniyatlararo muloqot yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar. Xalqaro akademik muhitda ta’lim olish orqali ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, global fikrlash salohiyatini yanada rivojlantirishdi. O‘quv jarayoni bilan bir qatorda, talabalar Malayziyaning boy madaniyati, ta’lim tizimi va talaba hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Madaniy almashinuv, ijtimoiy tadbirlar va ekskursiyalar dasturga alohida rang bag‘ishladi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik doirasida bunday dasturlarni davom ettirish orqali talabalar uchun xorijiy ta’lim va tajriba imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi!

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube