Talaba-yoshlar 51-son Manzil koloniyasiga tashrif uyushtirdi

22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni ijrosi doirasida universitet talaba-yoshlari 51-son Manzil koloniyasiga tashrif qilib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar oldi. Tadbir davomida ular jinoyatchilikning shaxs, oila va jamiyat hayotiga ta’siri, profilaktika va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari bo‘yicha ma’ruza va tushuntirishlar oldi.

Podpolkovnik N.A. Isaxanov va universitet profilaktika inspektori M.Nurmuxamedova talabalarga real hayotiy misollar orqali jinoyatlarning og‘ir oqibatlarini, giyohvandlik va psixofaol moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning shaxs va jamiyatga yetkazadigan zararini tushuntirdi. Shu bilan birga, barvaqt profilaktika, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonlikning ahamiyati ta’kidlandi.

Yig‘ilish natijasida talabalarga kelgusida tengdoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, qonunbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube