TALABALAR BAHORI: QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETIDA SUMALAK SAYLI VA ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
2-3- aprel kunlari “Talabalar bahori” umumrespublika festivali doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratildi.

Tadbirlar doirasida:
• Universitet hududida an’anaviy sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlar milliy taomlar tayyorlash jarayonida o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik muhitini mustahkamlashdi. Sayl davomida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va bahoriy an’analar keng namoyish etildi.
• Talabalar o‘rtasida mashhur “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Turli fakultetlardan tuzilgan jamoalar o‘z bilim va tafakkur salohiyatini sinovdan o‘tkazdilar. Bahslar davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Alohida ta’kidlash joizki:
Mazkur intellektual bahslarda Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Muxammadiyev boshchiligidagi universitet jamoasi munosib ishtirok etdi va o‘z bilim hamda salohiyati bilan ajralib turdi.

Tadbirda faol qatnashgan talabalar va tashkilotchilar “Talabalar bahori” festivali doirasidagi ushbu tashabbuslar yoshlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, sog‘lom raqobatni rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.
“Talabalar bahori” festivali doirasidagi bunday tadbirlar yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida davom etmoqda va yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.