"TALABALAR LIGASI" musobaqalarining universitet bosqichi davom etmoqda
19-fevral kuni OʻzDJTU sport majmuasida badminton sport turi boʻyicha talaba-yigitlar va qizlar oʻrtasida "Talabalar ligasi" musobaqalarining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada jami 50 nafar sportchilar gʻoliblik uchun qizgʻin bahslarga kirishishdi. Aytish mumkinki, yurtimizda yildan-yilga olimpiya sport musobaqalaridan oʻrin olgan turlar boʻyicha yoshlarimiz orasida qiziqish ortib borayotganligi maydonda yaqqol namoyon boʻldi.
Yakunda natijalar quyidagicha boʻldi:
Talaba-yigitlar oʻrtasida:
1-oʻrin - Fayzullayev Ulugʻbek (Roman-german filologiyasi fakulteti);
2-oʻrin - Axtamov Diyorbek (Ingliz filologiyasi fakulteti);
3-oʻrin - Egamov Xusan (Roman-german filologiyasi fakulteti).
Talaba-qizlar oʻrtasida:
1-oʻrin - Kenjayeva Karina (Sharq filologiyasi fakulteti);
2-oʻrin - Xasanova Sabrina (Rus filologiyasi fakulteti);
3-oʻrin - Omonova Shoxsanam (Rus filologiyasi fakulteti).