“Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-festivali bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 17-guruh bosqichida ishtirok etdi.

 

 

Festival O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-martdagi qo‘shma qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida ijodiy mahoratni namoyish etish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.

Ushbu bosqich O‘zbekiston davlat konservatoriyasi mas’uliyatida bo‘lib, O‘zDJTU jamoasi festival dasturida faol qatnashdi. Festival davomida talaba-yoshlar turli sahna ko‘rinishlari va teatr ijrosini namoyish etdilar, ijodiy salohiyatlarini namoyon qildilar.

Har bir ishtirokchi universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va tomoshabin sifatida boshqa talabalar ham ko‘rik-festivalga jalb qilindi. Ushbu tadbir yoshlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, madaniyat va san’atni targ‘ib qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube