Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori İ. Tuxtasinov Uçtepa tumani IIO FMB huzuridagi Qöriqlaş xizmati boşliği, mayor O. Saidov hamda Uçtepa tumani prokurori örinbosari A. Muxiddinov bilan birgalikda talabalar turar joyiga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida talabalar bilan uçraşuv ötkazilib, ularning xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam oliş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan «Xavfsiz talaba» ilovasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uçraşuvda ilovaning asosiy imkoniyatlari, undan foydalaniş tartibi va kundalik hayotda tutgan örni tuşuntirildi. Şuningdek, talabalarning şaxsiy xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondaşişi, turli xavf-xatarlarga befarq bölmasligi hamda zarur vaziyatlarda tegişli xizmatlarga öz vaqtida murojaat qilişi muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur taşrif talabalarning xavfsiz yaşaş şaroitlarini ta’minlaş, ular örtasida huquqiy madaniyatni yuksaltiriş va xavfsizlikka oid profilaktik işlar samaradorligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarning muhim qismi hisoblanadi.