Talabalar uchun ajoyib yangilik!

Ingliz filologiyasi fakulteti 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan KINO HAFTALIGIni e'lon qiladi!

6-may "O'zbek qizi"

Harbiy qurol yarogʻ maktabi bitiruvchisi, 18 yoshli snayperchi Jamila Belorussiyadagi Kalinin frontida koʻngilli jangchi boʻlib xizmat qiladi, chunki uning sevgilisi urush frontlarining birida jang qilayotgan edi.

7-may "Abdulla Oripov"

O‘zbekiston hamda AQShning bir qancha nuqtalarida suratga olingan ushbu film O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

8-may "Elparvar"

Moʻgʻullar bosqini davrida yashagan oʻspirin yigitning buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi va boshqa jasur yurtdoshlarimiz jasoratidan vatanparvarlik tuygʻularining uygʻonishi haqida.
 
10-may "Qo'qon shamoli"

Qoʻqon xonligida XVIII asr oxiri  – XIX asr boshlarida hukm surgan  ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida hikoya qilinadi.

11-may "Meros"

Turob Toʻlaning “Yetti zogʻora” qissasi asosida suratga olingan boʻlib, oʻzbek-qozoq xalqlarining  
azaliy doʻstlik rishtalari aks ettirilgan.

 Ma'naviyat va ma'rifat markazi
17:00

2024-05-03 05-54

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi