Talabalarga barcha muhim xizmatlarni bir joyda taqdim etish markazi — Registrator ofisi
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko'chasi 4-A uy (Literaturniy)da talabalarga xizmat ko‘rsatish va akademik faoliyatni takomillashtirish maqsadida Registrator ofisi yo‘lga qo‘yilgan.
Registrator ofis faoliyatining asosiy maqsadi:
Talabalarga barcha ma’muriy va akademik xizmatlarni yagona markazda taqdim etish;
O‘quv jarayonini soddalashtirish va qulaylik yaratish;
Masalalarni tezkorlik bilan hal qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
Bugungi kunda markazda talabalarga 60 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu esa universitetdagi ta’lim jarayonining yanada samarali va shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi.