ERASMUS+ dasturi doirasida tanlov e’loni
Ispaniyaning Alikante universitetida dars berish va tajriba almashish uchun xodimlar mobilligi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-o‘qituvchilarini ERASMUS+ dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida dars berish va kasbiy tajriba almashish mobilligida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qilinadi.
O‘rinlar soni: 1 ta
Dastur davomiyligi:
Xodimlar mobilligi: 5–7 kun
AGAR QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ JAVOB BERSANGIZ, ARIZA TOPSHIRISHGA TAKLIF ETAMIZ!
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
Nomzodlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ispan tili bo‘yicha professor-o‘qituvchilari bo‘lishi lozim.
Talab etiladigan hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi shaxsni tasdiqlovchi hujjati va xorijiy pasport nusxasi;
Rezyume (CV) – ispan yoki ingliz tilida;
Motivatsion xat (1 betdan oshmagan);
O‘quv / trening dasturi (5 kunlik reja, 10–12 soatlik dars, ispan tilida).
Motivatsion xatda quyidagilar yoritilishi kerak:
Nomzod haqida qisqacha ma’lumot;
Tanlangan sohadagi kasbiy tajriba;
Dasturda ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad;
Dasturdan kutilayotgan natijalar.
Arizalar topshirish muddati:
2026-yil 16-yanvardan 30-yanvargacha
Mas’ul shaxs:
Roman-german filologiyasi fakulteti dekani