Bugun OʻzDJTU ilmiy kengashida Ilmiy daraja olgan xodimlarga diplomlari topshirildi.
Professor va doktorlik ilmiy unvonini olgan universitet xodimlari kasaba uyishmasi qoʻmitasi tomonidan gul va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ilmiy unvon olgan xodimlarga universitet tomonidan noutbuk taqdim etildi.
Kengashda “Ingliz tili funksional leksikasi” kafedrasi mudiri KUSHIYEVA NODIRA XABIBJONOVNAni Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini, beruvchi diplomni olganligi, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti SHAMSHETOVA ANJIM KARAMADDINOVNAni Ijtimoiy psixologiya ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olganligi hamda “Hozirgi zamon rus tili kafedrasi” v.b dotsenti DJUSUPOVA OʻNGLASIN TALIBBAYEVNAni Qiyosiy adabiyotshunoslik chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi, “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari” kafedra mudiri QOʻLDASHEVA SHAXNOZA AKRAMOVNAni Qiyosiy adabiyotshunoslik chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi, “Jahon adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi SABIROVA ZEBO ZAKIROVNAni Oʻzbek adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi, YAKUBOVA NOIRA ISXAKOVNAni Qiyosiy adabiyotshunoslik chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi munosabati bilan tabriklashdi hamda ularning barchasi noutbuk bilan taqdirlandi.
Shuningdek, universitet jamoasi Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti SAMIGOVA XUSHNUDA BATIROVNA va Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor ABDULLAYEV SUYUN ORTIQOVICHni Professor ilmiy unvonini olganligi hamda Ingliz tili 1-fakulteti ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri UMAROVA MAXLIYO YUNUSOVNAni DOTSENT ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan tabrikladi.