11-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi tomonidan “Tabiatni asrash – barchamizning burchimiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Kafedra mudiri Yormatova Dilorom Yormatovna boshchiligida o‘tgan ushbu tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyat va barqaror rivojlanishning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida qiziqarli viktorina tashkil etilib, talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi!