26-dekabr kuni O‘zDJTU Tarjimonlik va Xalqaro jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilar uchun qishki ta’til davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan  seminar treningning birinchi darsi tashkil etildi.

Universitetning Tarjimonlik fakulteti ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminarini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda tatbiq etilayotgan darslar va ularning maqsad va mohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Mashg‘ulotlarda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov, va Yu.Azzamov, Z.Bazarov, A.Razzakov, M.Sulaymonov boshqa qator mutaxassisilar Moderator sifatida ishtirok etdi va ma’ruza qilishdi.

O‘quv-seminarda tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlari, qarorlari va farmonlari asosida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboli rejalar, O‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlar (DTS, malaka talablari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlari, nizomlar, buyruqlar), o‘quv adabiyotlarni yaratish tartibi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi, HEMIS axborot tizimining yuritilish holati va tizimdagi yangiliklar, Ofis registratori faoliyati va vazifalari, O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar, KPI tizimini yuritish holati kabi bir qator mavzularda treninglar tashkil etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube