TAYANÇ DOKTORANTURAGA KIRIŞ IMTIHONLARI BÖLIB ÖTDI

TAYANÇ DOKTORANTURAGA KIRIŞ IMTIHONLARI BÖLIB ÖTDI

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida 2027-yil uçun tayanç doktorantura (PhD)ga kiriş imtihonlari doirasida bir qator ixtisosliklar böyiça mutaxassislik imtihonlari bölib ötdi.

Imtihon jarayonlarini universitetning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Otabek Yakuboviç Yusupov oçib berdi hamda talabgorlarga omad tiladi.

Jumladan, talabgorlar 10.00.09 – Jurnalistika, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi hamda 07.00.01 – Özbekiston tarixi ixtisosliklari böyiça mutaxassislik imtihonlarida iştirok etdilar.

Imtihonlarda talabgorlarning tanlagan ilmiy yönalişi böyiça nazariy bilimlari, mutaxassislikka oid salohiyati hamda ilmiy izlaniş olib borişga tayyorgarligi baholandi.

Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, universitetning rasmiy axborot kanallarida eʼlon qilinadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube