Azzamov Yusufjon Radjaboyevich 1 fevraldan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
Yusufjon Azzamov 1988-yilda tug‘ilgan.
MEHNAT FAOLIYATI
2006-2010 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
2010-2011 yy. - Jomboy yengil sanoat kasb-hunar kolleji ingliz tili o‘qituvchisi
2011-2013 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti, o‘rindoshlik asosida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi, “Kamolot” YOIH institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
2013-2015 yy. - Samarqand davlat chet tilar instituti tarjimonlik fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
2015-2016 yy. - Samarqand davlat chet tilar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
2016-2021 yy. - Samarqand davlat chet tilar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi tinglovchisi
2021-2023 yy. - Samarqand davlat chet tilar instituti sharq tillari fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2023-2024 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekan o‘rinbosari
2024-2025 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
2025 y. – h.v. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti dekani
- 2025-02-01 01-32