Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Zaripov Lochin Rustamovich 2025-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
MEHNAT FAOLIYATI
2004-2005 yy. - Jizzax viloyat Doʻstlik tuman 6-oʻrta maktab bolalar yetakchisi
2005-2006 yy. - Harbiy xizmat
2007-2011 yy. - Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
2011-2013 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura talabasi
2013-2014 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti kasb taʼlimi metodikasi kafedrasi katta laboranti
2014-2017 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti kasb taʼlimi metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
2017-2018 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi boʻlim oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini, universitet oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish boʻlimi boshligʻi
2018-2020 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti boshlangʻich taʼlim va jismoniy madaniyat fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini
2020-2021 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2021-2022 yy. - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari-filial huzuridagi akademik litsey direktori
2022-2023 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi boʻlim boshligʻi
2023-2025 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshligʻi
2025-y. - h.v. - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi