Tayinlov

Qulmamatov Oybek Amonovich yangi lavozimga tayinlandi

Qulmamatov Oybek Amonovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tili amaliy fanlar №2” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oybek Qulmamatov 1985-yil 21-noyabrda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2011-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. 2022-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasida davlat va munitsipal boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ingliz, rus, fransuz va turk tillarini biladi.

Mehnat faoliyati davomida oliy ta’lim muassasalarida katta o‘qituvchi, BAA Abu-Dabi xalqaro aeroportida Duty Free xizmati menejeri, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorant va katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Oybek Qulmamatovga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

2004–2008 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi (bakalavriat).

2009–2011 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi (magistratura).

2011–2012 yy. — Toshkent arxitektura-qurilish instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2012–2020 yy. — BAA Abu-Dabi xalqaro aeroporti Duty Free xizmati menejeri.

2020–2021 yy. — Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2020–2022 yy. — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS), davlat va munitsipal boshqaruv yo‘nalishi magistranti.

2021-yil — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tili integrallashgan kursi №3” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2022–2025 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti.

2024–2025 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tili nazariy aspektlari №3” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2025-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube