Tayinlov

Xaitqulov Zahriddin Xazratqul o‘g‘li yangi lavozimga tayinlandi

Xaitqulov Zahriddin Xazratqul o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz tili nazariy aspektlari №3” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetining “Ingliz tili nazariy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Zahriddin Xaitqulov 1991-yil 6-yanvarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2018-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — lingvistika (ingliz tili).

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ingliz, rus, fors va koreys tillarini biladi.

Mehnat faoliyati davomida O‘zDJTUda o‘qituvchi, doktorant hamda dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Zahriddin Xaitqulovga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

2010–2012 yy. — Surxondaryo viloyati Uzun tumani MKJ xodimi.

2016–2018 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi.

2018–2019 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya fakulteti Nazariy va amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

2019–2020 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya fakulteti Nazariy va amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

2020–2021 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya fakulteti Amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

2021–2023 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti.

2024–2025 yy. — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

2025-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi.

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube