Tayinlov

Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi

Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

2025-yil 12-sentabrdan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida professor vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Dilnoza Ramatjanovna 1988-yil 27-aprelda Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida tug‘ilgan.

2011-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2014-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

Mutaxassisligi: adabiyotshunoslik (ingliz tili)
Ilmiy darajasi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni: dotsent
Chet tillari: rus, ingliz tillari

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchi, tayanch doktorant, o‘qituvchi-stajyor, katta o‘qituvchi hamda dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2025-yildan hozirgi vaqtga qadar “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida professor vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlab kelmoqda.

MEHNAT FAOLIYATI

2007–2011-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

2012–2014-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti.

2014–2017-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi.

2017–2020-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti.

2020–2021-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchi-stajyori.

2020–2021-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2021–2025-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi dotsenti.

2025-yildan hozirgi vaqtga qadar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi.

Yangi lavozimida Dilnoza Ramatjanovnaga muvaffaqiyat, mustahkam salomatlik va samarali faoliyat tilaymiz!

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube