19-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun ta'sis etilgan Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya nomzodlari o'rtasida test sinovlari bo'lib o'tdi. O'zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori O.Yusupov talabalarga omad va muvaffaqiyat tilab, imtihonning qay tartibda o'tkazilishi haqida ko'rsatma berdi. Test sinovlari shaffof tarzda bo’lib o’tdi va talabalar o'z bilim-ko'nikmalarini mustahkamlab olishdi. Ma'lumot uchun: Mazkur stipendiya tanlovida bakalavriat bosqichining kunduzgi ta'lim shakli 1-3 hamda magistratura bosqichining 1-bosqich talabalari ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube