Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik – bilim va tafakkur manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-fakultet Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi F. Mannonova hamda 2412-guruh talabalari tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda talabalar bilan bir qatorda 5–7-sinf o‘quvchilari ham faol ishtirok etdi.
Tadbirning kirish qismida bahor faslining go‘zalligi hamda kitobxonlikning inson tafakkuri va bilim olishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan bahor mavzusida raqslar ijro etilib, talabalar kitob va bilimni ulug‘lovchi she’rlar bilan chiqish qildilar.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, ular o‘z bilimlari va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar topshirildi.