Toyo University delegatsiyasi O‘zDJTU faoliyati bilan tanishdi
Tashrif davomida Toyo University Prezidenti Etsuko Yaguchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududidagi Mall, zamonaviy auditoriyalar, “Ona va bola” xonasi, Karera markazi hamda startaplar xonasi faoliyati bilan tanishdi.
Universitet infratuzilmasi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov mehmonlarga tanishtirdi.
Tashrif davomida ta’lim jarayonini zamonaviy tashkil etish, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yoshlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlar namoyish etildi.
2026-09-08 12-44