TTJlarda profilaktik nazorat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda

TTJlarda profilaktik nazorat va tushuntirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori Sherbayev Sanjar tomonidan har kuni kunning ikkinchi yarmida talabalar turar joylarida profilaktik nazorat va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jarayon davomida talabalar turar joylaridagi kundalik vaziyat o‘rganilib, talaba-qizlar va yigitlarga TTJlarning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, xonalar va umumiy foydalanish joylarida tozalikni saqlash, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda xavfsizlik talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, talabalarning murojaat va muammolari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda zarur hollarda tegishli choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday profilaktik tadbirlar talabalar turar joylarida sog‘lom, xavfsiz va tartibli muhitni ta’minlashga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube