Joriy yilning 16-oktabr sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetiga Italiyaning Milan IULM universiteti xalqaro ishlar boʻyicha prorektori Alberto Parravicini tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Alberto Parravicini va Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashovalar oʻzaro hamkorlikni kengaytirish borasida fikrlar almashishdi.

A. Parravicini italyan tili yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Maʼlumot oʻrnida, 2023-yilda OʻZDJTU va Milan IULM universitetlari Erasmus K171 loyihasini qoʻlga kiritishdi.

2023-10-16 09-09

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi