Kuni kecha Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti va ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari Z.Bannopova hamda M.Aripova tashabbusi bilan 5 — TTJda “Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish, gender tengligi masalalari hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy himoya qilish” mavzulari doirasida “Men zoʻravonlikka qarshiman” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi podpolkovnigi D.Abduraxmonov, Uchtepa tumani Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar G.Xakimova, R.Mursalimovalar ishtirok etib, 1 kurs talaba-qizlariga zoʻravonlik, tazyiq sodir etilganda qanday murojaat qilish va gender tengligi masalalari haqida atroflicha maʼlumot va kerakli tavsiyalarni berdilar.
Tadbir yakunida talaba-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.