17-fevral kuni Koreya va Yaponiya davlatlariga 10 oy muddatga amaliyot o'tash uchun jo'nab ketayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov talabalarimizni tanlovdan muvaffaqiyatli o'tganliklari bilan qutladi va tahsil olish uchun boradigan mamlakatlarida koreys va yapon tili bo'yicha bilimlarini mustahkamlashi, ushbu davlatlarning tarixi va madaniyati, urf-odatlari bilan yaqindan tanishishlari hamda xalqimiz, ajdodlarimiz qoldirgan boy merosi haqida so'zlab berishlari bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Shuningdek, kelgusida aloqalarimiz yanada rivojlanishi va talabalarimiz uchun shu kabi imkoniyatlarni saqlab qolish uchun bu mamlakatlarning qonun-qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligini ta'kidlab o'tdi.