Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-mart kuni Fargʻona shahrida oʻtkazilgan kengaytirilgan sayyor yigʻilishi 24-son bayonining 4-bandiga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari rektorlari rahbarligida Ishchi guruhlar tuzilib, normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, ikki hafta muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritish hamda oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish tizimini takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh tuzish toʻgʻrisidagi topshirigʻi berilgan edi.

Mazkur topshiriqqa binoan, 30-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov va kun tartibiga aloqador masʼullar ishtirok etdi.

Oliy taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishdagi mavjud muammo va takliflar, kadrlar taʼminoti, ilmiy salohiyat, oʻqituvchilar sertifikati, oʻquv reja, oʻquv dasturi va darsliklar, adabiyotlar bilan bogʻliq jarayonlar, talabalarning oʻrganayotgan chet tillarini oʻzlashtirish holati va undagi muammolar, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi, xorijda malaka oshirish faoliyati, uzluksiz taʼlim tizimida chet tillarining oʻqitilishi, OTM va maktablar oʻrtasidagi hamkorlik, oʻquv jarayonidagi uzviylik va boshqa hamkorliklar, chet tillari yoʻnalishida qoʻshma taʼlim dasturlarining natijadorligi, yangi tajribalar, chet tillari boʻyicha kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tajribalar, Respublikada chet tillarini oʻqitish, sifatli kadrlar tayyorlash masalalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq takliflar kabi masalalar yigʻilish kun tartibidan oʻrin egalladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube