UNESCO Youth Hackathon 2026
UNESCO tomonidan media va axborot savodxonligi sohasida innovatsion yechimlar taklif etishni istagan butun dunyo yoshlariga mo‘ljallangan global onlayn xakaton.
Qayerda: onlayn + final bosqichi Gretsiyada (2026-yil 26–28-noyabr)
Kimlar uchun?
- 18–30 yoshdagi yoshlar;
- 2 nafardan 6 nafargacha a’zodan iborat jamoalar;
- dunyoning istalgan mamlakatidan ishtirokchilar;
- tajriba talab etilmaydi. Asosiysi — g‘oya, motivatsiya va UNESCO qadriyatlariga moslik.
Loyihalar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etilishi mumkin:
- media savodxonligini rivojlantirish uchun sun’iy intellektdan foydalanish;
- media va axborot savodxonligi (MIL) bo‘yicha ta’lim vositalari;
- mahalliy hamjamiyatlar uchun loyihalar;
- yoshlar tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar;
- media va axborot savodxonligiga oid boshqa innovatsion g‘oyalar.
Shartlar
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha jamoalar 2026-yil 1–2-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan bepul onlayn mentorlik dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Unda xalqaro ekspertlar loyiha g‘oyalarini takomillashtirish va taqdimotga tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Xakaton g‘oliblari Gretsiyada o‘tkaziladigan Voices European Festival of Journalism and Media Freedom festivalida ishtirok etish uchun barcha xarajatlari qoplangan safar bilan taqdirlanadi.
Arizalar qabuli: 2026-yil 16-avgustgacha.
Batafsil: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youth-hackathon-2026