Universitet Kengashi yig‘ilishi yakunida akademik ko‘rsatkichlarga ega, ta’lim, ilmiy va jamoat ishlarida alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan iqtidorli talabalar hamda ularning ota-onalarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 8-iyundagi 05/16-4131-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning bir guruh namunali talabalari va ularning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Jumladan, Sevara Doniyor qizi Pirnazarova, Eldorbek Husniddin o‘g‘li Bozorboyev, O‘g‘iloy Rahmatulla qizi Karimova, Jalilbek Anvarovich Sharifjonov, E’zoza Elmurod qizi To‘xtamurodova, Amaliya Baxramovna Karimova, Sadoqatxon Ulug‘bek qizi Mirzajonova hamda Sevinch Botirjon qizi Islomova va ularning ota-onalariga samimiy minnatdorlik bildirildi hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Taqdirlash marosimi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, ilmiy izlanishlari va jamoat ishlaridagi faolligini e’tirof etish, shuningdek, ularning yutuqlarida munosib o‘rin tutgan ota-onalarga minnatdorlik izhor etish ruhida o‘tkazildi.
2026-07-01 12-28