21-asr sanoat va texnologiya rivojining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan davr bo‘lsa-da, mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish madaniyatiga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu borada ta’lim tizimida, xususan, oliy ta’lim muassasalarida turli tadbirlar o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan O‘zDJTU Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi bakalavr bosqichida bu mavzuga alohida e’tibor qaratilib, Upton Sinklerning "Jungle" (O‘rmon) romani tahlil qilindi

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Nazokat Sadullayeva kitob haqida shunday fikr bildirdi:
"Asarda tasvirlangan ishlab chiqarish sharoitlari sanoat axloqiy madaniyati va inson qadrining toptalishi masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Kitob o‘quvchini jamiyatdagi muammolar haqida o‘ylashga va ularga qarshi harakat qilishga undaydi." 

     

    

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube