13- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda universitet qoshidagi harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbar-xodimlari, tegishli mas’ullar va harbiylar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy universitetida  o‘tkazilgan harbiy tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Qalqon” jamoasi ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir parad bilan boshlandi. Unda harbiy xizmatchilar ishtirok etib, turli xil tryuklar va ko‘rgazmali qurollar bilan tomoshabinlarga ajoyib chiqishlarni taqdim etdilar. Tadbirga tashrif buyurgan san’atkorlar ham o‘z chiqishlari bilan barchani tabrikladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube