“Vazir kubogi” doirasida talaba-qizlar uchun madaniy dastur tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilayotgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqasi doirasida sportchi talaba-qizlar uchun mazmunli madaniy hordiq dasturlari tashkil etildi.

Jumladan, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafar sportchi talaba-qizlar murabbiylari hamda universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qildilar.

Xususan, ular dunyodagi noyob muzeylar qatoridan o‘rin olgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, boy tarixiy va madaniy meros bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qiziqishini oshirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube