VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasiga tashrifi davomida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi faoliyati hamda uning talaba yoshlar xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida bugun O’zDJTUda Uchtepa tumani prokuraturasi ishchi guruhi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori va rahbariyat vakillari, mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetda yo‘lga qo‘yilgan Vaziyatlar markazi faoliyati, uning asosiy vazifalari va ishlash mexanizmi bilan tanishtirdi.

Mazkur markaz raqamli texnologiyalar asosida faoliyat yuritib, talabalar xavfsizligini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida kuzatish, davomatni nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkonini beradi.

Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari universitet rahbariyati hamrohligida talabalar turar joylarida bo‘lib, Vaziyatlar markazi faoliyati bilan bevosita tanishdi hamda uning ishlash jarayonini o‘rgandi.

O‘rganish davomida talabalar xavfsizligini ta’minlash, mavjud vaziyatni tezkor monitoring qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tezkor munosabat bildirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli xulosalar chiqarilib, xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, mavjud tizimni takomillashtirish, talabalar bilan manzilli ishlash hamda Vaziyatlar markazi faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube