9-oktyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti va Seul milliy fan va texnologiya universiteti hamkorligida Oʻzbekistonlik talabalar ishtirokida birinchi koreys tili notiqlik san'ati tanlovi tashkil qilindi.

 Ushbu tanlovda talabalar "Koreya madaniyati", "Koreya tarixi", "Mening orzuyim" kabi mavzularda erkin ravishda koreys tilida nutq soʻzlab o'z notiqlik san'atlarini ko'rsatib berdilar. Musobaqada Inha universiteti, Aju universiteti, O'zDJTU, Kimyo xalqaro universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan jami 14 nafar talaba ishtirok etdi.

 Shuningdek, OʻzDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpoʻlatov soʻzlagan nutqlarida fakultetda oʻtkazilayotgan bunday notiqlik tanlovi talabalarda muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirishga katta xizmat qilishini aytib oʻtdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube