18-fevral kuni AQSHning Vashington shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Ta’lim Administratorlari Assotsiatsiyasi xalqaro konferensiyasi doirasida universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov Pensilvaniya davlat universiteti Yevro-Osiyo hamkorlik aloqalari departamenti direktori o‘rinbosari Vlad Lixoletov hamda Purdue Universiteti Xalqaro hamkorlik va dasturlar departamenti direktori Ramesh Neupane bilan muzokaralar olib bordi.

 

 

Uchrashuvlar davomida universitetlar o‘rtasida fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, talabalar almashinuvi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlik shartnomalarini imzolash yuzasidan kelishuvlarga erishildi. 

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube