Xalqaro hamkorlik
Uchinchi Tojikiston–O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, vazirlikning mutasaddi vakillari hamda O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Forumni Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Abdulxoliqzoda Lutfia kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Tojikiston va O‘zbekiston respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Ta’lim vazirlari o‘z chiqishlarida mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida olib borilayotgan samarali hamkorlik aloqalari, istiqbol uchun belgilangan ustuvor maqsad va strategiyalar haqida so‘z yuritdilar.