Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
2026-yil 25-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ijtimoiy davlatda inson huquqlarini ta’minlashning global ahamiyati va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokchilarni qutlab, anjumanni ochib berdi. Unda mamlakat va xorijdan yetakchi olimlar, siyosiy va huquqshunos mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar hamda xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Anjumanda so‘z olgan asosiy mehmonlar qatorida:
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi – Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov,
• O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori – Murodjon Turg‘unov,
• O‘zbekiston davlat va jamoat arbobi, siyosiy fanlar doktori, professor – Narzulla Jo‘rayev,
• Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari – To‘ychibek Yoqubov va Yulduzoy Mamadiyorova,
• Qarshi axborot texnologiyalari va menejment universiteti professori, turkiyalik olima – Beyxan Shan,
• O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professori – Farxod Xatamov,
• Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori – Manzura Raupova,
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, falsafa fanlari doktori – Sunnatillo Mavlonovich Raxmonov
va boshqa yetakchi mutaxassislar.
Anjuman doirasida ishtirokchilar ijtimoiy davlatda inson huquqlarini ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari, global tajribalar va zamonaviy yondashuvlarni muhokama qildi. Shu bilan birga talabalar va yosh tadqiqotchilar savollariga javob olish, yangi ilmiy bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro va mahalliy tajribalarni o‘rganish hamda soha mutaxassislari o‘rtasida fikr almashish uchun muhim platforma sifatida xizmat qildi.