XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN XALQARO EKSPERTLAR MAʼRUZALARI BILAN DAVOM ETDI

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN XALQARO EKSPERTLAR MAʼRUZALARI BILAN DAVOM ETDI

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman öz işini xalqaro va mahalliy ekspertlarning maʼruzalari bilan davom ettirdi.

Anjuman davomida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Umid Anvarxodjayeviç Yakubxodjayev, siyosiy fanlar doktori, professor Farhod Faziloviç Tolipov, Özbekistonning taniqli jamoat arbobi Şirin Rahimjanovna Abidova, Nivedita Das Kundu, Musa Y. Alptekin, Adrien Uge, REN Ruyi, Muhammad Ramzan Ali, Zokir Zamonov, Naimi Ismoil Nurullo va boşqa mutaxassislar öz maʼruzalari bilan iştirok etdilar.

Maʼruzalarda Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati, mintaqaviy hamkorlik, xalq diplomatiyasi, tarixiy meros, xalqaro transport koridorlari, Xitoy bilan munosabatlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan fikr va tahlillar bildirildi.

Xususan, globallaşuv davrida sunʼiy intellekt, katta til modellari va kiberxavfsizlikning özaro boğliqligi, raqamli hamkorlik imkoniyatlari hamda mintaqaning kelajak taraqqiyotidagi örni muhokama qilindi.

Tadbir yakunida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iştirokçilari taqdirlandi. Anjuman ilmiy muloqot, tajriba almaşiş va Markaziy Osiyoning umumiy kelajagiga doir dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qiliş bilan yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube