Xalqaro jurnalistika fakulteti 2024–2025 o‘quv yili yakuniy hisobotini taqdim etdi

28-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan 2024–2025 o‘quv yili yakuni va 2025–2026 o‘quv yili rejalari yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

 

Yig‘ilishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi:
 • o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyat;
 • ilmiy tadqiqot ishlari;
 • xalqaro hamkorlik yo‘nalishida erishilgan natijalar;
 • ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
 • 2024–2025 o‘quv yili davomida aniqlangan muammo va takliflar;
 • 2025–2026 o‘quv yilida universitetni rivojlantirish bo‘yicha rejalar va tashabbuslar.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, birinchi prorektor V.A. Sadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.A. Nasirov, moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.S. Xamrayev hamda fakultet jamoasi ishtirok etdi.

Hisobot yig‘ilishi fakultet faoliyatining holati, muammolari va istiqbolli rejalarini aniqlashtirishga qaratilgan muhim platforma bo‘ldi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube