Xalqaro jurnalistika fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun, 7-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy jihatlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida fakultet dekani A. Matyakubov hamda Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchisi Xazratova Qunduz Mamaraimovna o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda fakultet xodimlari va professor-o‘qituvchilar faol qatnashib, Murojaatnomada belgilangan iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim, innovatsiyalar, raqamlashtirish, ekologik muvozanat hamda inson kapitalini rivojlantirishga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.