Xalqaro jurnalistika fakultetida psixologik profilaktika uçraşuvlari taşkil etildi
Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalarning ijtimoiy-maʼnaviy faolligini oşiriş, soğlom psixologik muhitni şakllantiriş, yoşlar örtasida özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlik tamoyillarini mustahkamlaş maqsadida profilaktik uçraşuvlar ötkazildi.
Uçraşuvlarda IPMBIB boşliği F. Xabiyeva, bölim psixologi Ş. Böstonova hamda fakultet tyutorlari S. Nurullayeva va S. Oçilova iştirok etdi.
Suhbatlar davomida talabalarning ijtimoiy-psixologik holati, özaro munosabatlar madaniyati, jamoaga moslaşuvi, turli salbiy holatlarning oldini oliş hamda muammoli vaziyatlarga nisbatan töğri va ongli munosabatni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mutaxassislar tomonidan zarur psixologik tavsiya va tuşuntirişlar bilan tanişdilar.
Bunday profilaktik uçraşuvlar talabalar örtasida soğlom ijtimoiy-psixologik muhitni qaror toptiriş, özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
2026-11-13 04-33