18-may kuni Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “ Xitoy tili koʻprigi” tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, Respublika Oliy Ta’lim muassasalari rektorlari, universiter professor-o'qituvchilari, talabalar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Unda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov soʻzga chiqib, universitetning Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari aloqasi, OʻzDJTU da xitoy tili oʻqitilishi holati haqida maʼlumot berdi va musobaqada qatnashuvchilarga omad tiladi.
Navbatdagi musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Abenova Balnur, Mashanlo Zaynab va Yunusov Muxammadtoxir 3 ta shart boʻyicha qatnashib, mahoratini sinovdan oʻtkazdi.