Xitoylik mehmonlar universitetning asosiy binosi kirish qismida kutib olindi.
Kutib olish jarayonida talabalar milliy libosda milliy qoʻshiqlarni ijro etdi. Ular tomondan chizilgan suratlar va kalligrafiya namunalarini namoyishi tashkil etildi.
Tashrif doirasida “Oʻzbekiston Xitoy ravnaqi” nomli tadbir tashkil etildi.
Koʻtarinki ruhda boshlangan tadbir avvalida rektor I.Tuxtasinov tomonidan Oʻzbekiston va Xitoy koʻp qirrali taʼlim sohasiga oid munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga qatʼiy intilishi alohida taʼkidlandi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy doʻstligi birdamligini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, talaba-yoshlar tomonidan sahnaviy koʻrinishlar, milliy raqslar,namoyishi boʻlib oʻtdi.