Xorazmda stritbol bo‘yicha Respublika final bosqichida OʻzDJTU talabasi chempion boʻldi

Xorazmda stritbol bo‘yicha Respublika final bosqichida OʻzDJTU talabasi chempion boʻldi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol bo‘yicha respublika final bosqichi 11–13-avgust kunlari Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 ta hududidan 140 nafar yosh sportchi ishtirok etib, tezkorlik, aniqlik, jamoaviy hamjihatlik va mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalar:
22–30 yosh toifasi:
Toshkent shahri
Xorazm viloyati
Samarqand viloyati

Quvonarlisi, Toshkent shahar terma jamoasi sardori, musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi nominatsiyasiga Xalqaro jurnalistika fakulteti 2302-guruh talabasi ALIQULOVA FERUZA ERKINOVNA loyiq koʻrildi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube