24-yanvar kuni "Xorijiy tillarda so'zlashuvchilar uchun o'zbek tilini intensiv o'rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi rahbari Madjidova Rano Urishevna boshchiligidagi O’zDJTU delegatsiyasi AQSHning Bruklin shahrida joylashgan O’zbek-Amerika Vatandoshlar jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedov bilan uchrashdi. 

Tashrif davomida O’zDJTUning bir guruh professorlari, jumladan, “Xorijiy tillarda so'zlashuvchilar uchun o'zbek tilini intensiv o'rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi rahbari Madjidova Rano Urishevna, Muxitdinova Xadicha Sabirovna va dotsentlar Zilola Salisheva, Po’lat Omanov "Xorijiy tillarda so'zlashuvchilar uchun o'zbek tilini intensiv o'rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi natijalarini joriylashtirish maqsadida AQSHning Bruklin shahrida joylashgan O’zbek-Amerika vatandoshlar jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedov bilan uchrashdi. 

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan Amerikada istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz farzandlarini o'zbek va ingliz tiliga o'qitish jarayoni bilan tanishildi hamda mavjud muammolar va ehtiyojlar o'rganildi. 

Rano Urishevna boshligida yaratilgan mazkur loyiha asosida ishlab chiqilgan multimedia mahsulotlarini dars jarayonida qo'llash masalalari, O'zbekistonga xizmat vazifasi bilan kelayotgan amerikalik mutaxassislarni o’zbek tiliga intensiv o'qitish uchun 3 oylik va 6 oylik kurslarni tashkil etish, o'zbek va ingliz tillarini o'qitish maqsadida talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun “Summer camp” tashkil qilish masalalarida kelishuv memorandumi tuzishga kelishib olindi. 

O’zbek-Amerika vatandoshlar jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedov loyiha asoschisi Rano Urishevna boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolarini 3-fevral kuni Nyu York shahrida joylashgan “Ziyo Art” maktabi yangi binosining ochilish marosimiga taklif qildi.

28-yanvarda delegatsiya Nyu-Yorkdan Chikagoga uchib ketdi. 

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube