Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari faoliyati samarali tashkil etilmoqda

24-noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi 92-maktabda FNEM-2302 va FNEM-2303 guruh talabalari F. Farangiz va N. Shahina tomonidan nemis tili to‘garagi tashkil etildi.

 

 

O‘quvchilar bu yerda nemis tilini qiziqarli o‘yinlar, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy topshiriqlar orqali o‘rganishmoqda. Darslarda tinglab tushunish, gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalari bosqichma-bosqich rivojlantirib borilmoqda.

To‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda mustahkam grammatika bilimlari va faol so‘z boyligini shakllantirishga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube