Xorijlik professor-o‘qituvchilarning holidan xabar olish
2026-yil 14-fevral kuni Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva hamda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini G‘ulom Atayev universitet mehmonxonasida istiqomat qilayotgan Ozarbayjon tillar universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar holidan xabar oldilar.
Uchrashuv davomida fakultet rahbariyati Ingliz tili integrallashgan kursi 1 kafedrasi professori Elmira Aliyeva bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat jarayonida mehmon ustoz universitetdagi o‘quv jarayoni, ilmiy muhit, talabalar bilan ishlash tajribasi hamda kuzatuvlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bir piyola choy atrofida kechgan uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi. Xorijlik professor-o‘qituvchilar istiqboldagi rejalari, ilmiy izlanishlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur tashrif va uchrashuvlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy-pedagogik loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.