Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rahbariyati bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yil bayrami tashkil etildi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi Polkovnik Baxtiyor Erkinovich Berdialiyev va OʻzDJTUning rektori Ilxomjon Tuxtasinov bayram tabrigini yoʻlladi.
Bayramga Ichki ishlar vazirligi “Ashula va raqs” ansambli chiqishlari koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Tadbir soʻngida barchaga yil sovgʻalari berildi.