Oqqo‘rg‘on tumani maktab o‘quvchilari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.

7-fevral kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘z pedagoglari hamrohligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari kutib olib, ularga universitet kampusi, yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari hamda Axborot-resurs markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar universitet hayoti bilan yaqindan tanishish, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlar haqida bilish imkoniga ega bo‘lishdi. Universitetda ta’lim olish uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif so‘ngida o‘quvchilar O‘zDJTU talabasi bo‘lish istagini bildirdilar.

Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube