Joriy yilning 3-fevral kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida 22-bor "Yapon tili notiqlik sanʼati" tanlovi boʻlib oʻtdi. 

Tanlovda hakamlar hayʼati sifatida Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti yapon tili ustozi Bessho Ayako, Davlat iqtisodiyot universiteti yapon tili ustozi Futaba Tomohisa, Alhara Misaki, tarjimon Toxtamirzayeva Mashhuraxon tashrif buyurdilar.

Unda ishtirokchilar taqdim etilgan mavzu asosida, belgilangan vaqtda yapon tilidagi nutqlari bilan ishtirok etishdi. 

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad talabalarning xorijiy tillarda erkin so'zlasha olish imkoniyatini kengaytirish, muloqot madaniyatini shakllantirish, jamoa oldida o'z fikrini bayon etish hamda yangi bilimlarga ega bo'lishini ta'minlashdan iborat. 

 Tanlov yakunida hakamlar tomonidan aniqlangan g'oliblarga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi. Yapon tilida oʻtkazilgan muloqot jarayoni  munozaraga boy boʻldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube